Shahidlar xotirasi o‘chmas abadiy
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti T.Bayzakov "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakulteti 1-kurs talabalarini 2021-yil 13-mart kuni, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida (Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab joylashgan). Majmua barpo etilgan joy 20-asr 20-yillariga qadar Toshkent shahrining xilvat chekkasi bo‘lgan, 40-yillarda xuddi shu joydagi 3 ta qatlgohda sho‘rolar tomonidan millatning ilg‘or vakillari, begunoh vatandoshlar qatl qilingan Shahidlar maydoniga tashrif buyurishdi. T.Bayzakov talabalarga muntazam tartibli loyihalangan yam-yashil past-baland hududni Bo‘zsuv kanali ikkiga ajratgani to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Bundan tashqari talabalar majmua markazida tik ustunlarga o‘rnatilgan feruzarang qovurg‘ali gumbazli ayvon metall qurilmalardan ishlanib gozg‘on marmari bilan qoplangan, poygumbazi ganchkori muqarnaslar bilan ziynatlangan; gumbaz ichi ganch o‘ymakorligida ishlangan. Gumbaz ostidagi handasiy shakllardan naqshlar hosil qilib bezatilgan marmar polda nefritdan ishlangan ramziy sag‘ana atrofga sukunat taratib turadi; sag‘ana shahid ketgan vatandoshlarning ramziy qabridir. Shuningdek, 2002 yilda shu hududda qad ko‘targan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi majmuaning tarkibiy qismlari bilan tanishdi.Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga T.Bayzakovdan keraklicha ma’lumotlar olishdi.
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati