Hashar elga yarashar
Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri - bu hashar. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.
2021-yil 13-mart “Umumxalq xayriya hashari” kuni munosabati bilan Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali hududida epidemiologik osoyishtaligini saqlash, sogʻlom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilgan holda professor-o‘qituvchilar tomonidan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
TIQXMMI matbuot xizmati