Ma'rifat tarqatish mexanizmi
Barchamizga ma'lum joriy yilning 19-mart kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kitob mutolaаsiga qiziqishini yanada oshirish masalasi keng muhokama qilingan edi. Yig'ilishda Yurtboshimiz har bir rahbar o'z shaxsiy kutubxonasidan o'zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga o‘ntadan kitob sovg'a qilsa, bunday ezgu tashabbus Kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir ko'rsatishini ta‘kidlagan edi. Prezidentimizning ushbu tashabbusini qo'llab-quvvatlagan holda, 13- aprel kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti", Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, "Axborot va kommunnikatsion texnologiyalar" kafedrasi mudiri Abdullayev Zafar Sayfiddinovich o'zi tahsil olgan Toshkent Shahar Yunusobod tumanida joylashgan 12-sonli umumta'lim maktabiga kitoblar sovg'a qildi. O'zingiz ta'lim olgan maktabga borish kitoblar taqdim etish zavqli, qolaversa, bu ma'rifat ulashishning muhim mexanizmi. Maktabda ta'lim olayotgan o'quvchilar sizdan o'rnak oladi, sizdek bo'lishga intiladi. Bu siz taqdim etgan kitobni qo'lga olgan zahotiyoq ularda tug'iladigan ilk ta'ssurotdir. Kitoblar taqdim etilishi bilan bir qatorda maktabda institut Yoshlar ittifoqi faollari, fakultet yoshlar yetakchilari Haytboy Iskandarov, Suxrob Temirov, Ma‘ruf Baratovlarning jamoalari ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir dasturi bilan faol ishtirok etishdi. Talabalar maktab o‘quvchilariga o‘zlarining chiqishlarini namoyish etishdi. Viktorinalar tashkil etildi, sovg‘alar ulashildi, QVZ "Kreativ" jamoasi badiiy chiqishlar qilishdi. Tadbirni tashkil etgan va ishtirok etgan barchaga maktab jamoasi nomidan katta minnatdorchilik bildiramiz. Tashabbuslar davom etadi.
Institut yoshlar ittifoqi BT yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov