Shahidlar maydoniga tashrif
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan uning ma’naviy hayotida yangi davr - uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi. Sovet davridagi ma’muriy buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo‘ysundirilgan tarixni soxtalashtirish, noto‘g‘ri talqin etishga barham berildi. Endigina shakllanayotgan milliy mafkuramizning asosi bo‘lmish milliy tarixni qayta tiklash imkoniyati tug‘ildi.
Sobiq mustabid tuzum davrida xalqimizning yuzlab asl farzandlari nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan Toshkent shahrining Bo‘zsuv sohilidagi qarovsiz joy davlatimiz rahbari tashabbusi bilan obod ziyoratgohga aylantirildi. 2000-yilda bu yerda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bunyod etildi. Majmua tarkibida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil qilindi. 31 avgustni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlash ezgu an’anaga aylandi.
Joriy yilning 13-aprel kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 414-guruh talabalari guruh murabbiyi Z.Xafizova bilan birgalikda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Talablar u yerda «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyidagi eksponatlar bilan tanishishdi. Talabalar muzey xodimlariga o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va kerakli ma’lumotlarni olishdi.
414-guruh murabbiyi Z.Xafizova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati