TIQXMMI BUXORO FILIALI TALABALARI UChUN MA’RUZA O‘QILDI
TIQXMMI «Nazariy va qurilish mexanikasi» kafedrasi mudiri, professor M.Mirsaidov Buxoro viloyatiga qilgan safari davomida iqtidorli maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashish bilan birga TIQXMMI Buxoro filialining Gidromelioratsiya, Gidrotexnika qurilishi va Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakultetlarining 3-kurs talaba va yosh o‘qituvchilariga «Materiallar qarshiligi» fanining maxsus bo‘limlari, «Inshootlar zilzilabardoshligi» fanlaridan hamda Institutning «Nazariy va qurilish mexanikasi» kafedrasida bajarilayotgan ilmiy ishlar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi.
Bu o‘qilgan ma’ruzalarning elektron variantlari TIQXMMI Buxoro filialining talaba va professor-o‘qituvchilari kelgusida o‘z ishlarida foydalanishlari uchun filialning resurs markaziga topshiri
O‘qilgan ma’ruzalar bo‘yicha berilgan savollarga M.Mirsaidov to‘liq javob berishga harakat qildi.
Institut matbuot kotibi Rahim Jumaniyozov