Talabalar pansionatda
9 may - “Xotira va qadrlash kuni” yurtimiz bo‘ylab, hali hanuz davom etmoqda. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbayev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, yoshlar ittifoqining fakultet yetakchisi Sh.Qodirov hamda fakultetda ta’lim olayotgan iqtidorli tashabbuskor talabalar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashayotgan qariyalar holidan xabar olish va ularni ushbu bayram bilan qutlash uchun ajoyib konsert dasturi uyushtirishdi.
Iste’dodli talabalarimiz ijrosida yangragan dil tortar kuy-qo‘shiqlar va qizlarimiz tomonidan ijro etilgan raqslari pansionatda istiqomat qilayotgan keksalarimizga juda manzur bo‘ldi. Ular talabalarimiz bilan birgalikda raqsga tushishdi. Pansionatda jami 158 keksalarimiz istiqomat qilib, ular orasida urish qahramonlari va Front ortida shijoat ko‘rsatgan faxriylarimiz ham borligi juda quvontirdi.
Tadbir so‘ngida talabalarimiz har bir xonalarga kirib sog‘alar va gullar ulashib, suhbatlar olib brishdi. Ular urush dkvri qahramonlarini Xusainov Muhammad Zaynigutdinovich va Front ortida shijoat ko‘rsatgan Chinova Valentina Fedorovna bilan uzoq suhbatlashishdi.
Faxrilarimiz urushning mudhish kunlari haqida talabalarga so‘zlab, yurtimizni tinchligi dasturxonimiz to‘kinligiga shukur qilishlari va yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanib, a’lo bahalarda o‘qib, yurtimizni yanada gullab yashnashiga o‘z hissasini qo‘shishlarini tilab duolar qilishdi. Shundan so‘ng bu tashrifimizdan mamnun bo‘lgan keksalarimiz bizga va tashkilotimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, xursand bo‘lishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institutning matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov