Oilaning mustahkamligi jamiyatning mahkamligidir
Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi. Bu ayni haqiqat. O‘rgan yillarda ham maxallalarida Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Adliya bo‘limlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi kengashlari bilan hamkorlikda ijtimoiy, manaviy-ma’rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida ”Maqsad, burch va mas’uliyat”, “Yuksak huquqiy ong va madaniyat”, “Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko‘zgusi”, “Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni va mas’uliyati”, “Oilada shaxsiy kutubxona tashkil qilish” mavzularida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgandi. Endilikda bunday xayrli harakatlar onlayn tarzda o‘tkazilayotgani ham ahamiyatlidir.
Oilaning muqaddasligi, farzand va ota-onalar burchi, jamiyat taraqqiyotini belgilashda oila mustahkamligining ahamiyati, milliy qadriyatlar va urf-odatlar davrimizning dolzarb mavzularidandir. Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Oila” markazining “O‘zbekistonda oilani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida tashkil etilgan “O‘zbekistonda oilani ijtimoiy-demografik rivojlantirishning asosiy omillari” Respublika ilmiy – amaliy ONLAYN konferensiyasiga qatnashildi.
Ushbu koferensiyada Oilani ijtimoiy-demografik rivojlanish istiqbollari, muammolari, oilaning iqtisodiy faravonligi davlat e’tiborida, yoshlarning ijtimoiylashuvida oilaviy qadriyatlaridan foydalanish amaliyoti to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi. Ushbu konferensiyada institutimizning ayol professor-o‘qituvchilar faol qatnashdilar.
Institut xotin - qizlar Kengashi raisi Zulfiya Hafizova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati