Ishlab chiqarish xamda o‘quv jarayoni hamjihatligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4801-son qarorning 10 punktida qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida Institutimiz rektori U.Umurzaqovning 2021 yil 12 maydagi 481/t buyrug‘iga asosan Gidromelioratsiya fakultetining “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 1-5 gurux talabalari o‘quv reja asosan Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga jalb qilindi.
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti eksperiment tariqasida Jizzax viloyatida tashkil qilinishida quyidagilar inobatga olingan:
1. Irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari bilan yaqindan tanishish;
2. Ish jarayonlarini kuzatish;
3. Loyiha xujjatlari bilan tanishish;
4. Qurilish va suv xo‘jaligi ob’ektlariga davriy ravishda olib chiqish orqali amaliyot va institutda olgan bilimlarini mustaxkamlashga yo‘naltiriladi.
Kelgusida erishilgan natijalar bo‘yicha saytda xabar berib turiladi.
Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi mudiri, prof. Begmatov I.A
TIQXMMI matbuot xizmati