Yoshlar haftaligining uchinchi kuni

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoshlar haftaligi loyihasi 3-kuni, 3-tashabbus bo'yicha "Nima? Qachon? Qayerda?" nomli o'zgacha uslubda fakultetlararo 6-shartdan iborat o'yin o'tkazildi. Bu o'yinni professor-o'qituvchilarimiz talabalik vaqtlarida o'ynashgan. Ularni fikrini, talabalarni fikrini inobatga olib, o'tkazdik. Umumiy talabalar qamrovi 320 dan ortiq ishtirokchilar, tomoshaga kelganlar va kuzatganlar bilan. 1-shart kompyuterda jamoalar qiziqarli savollarga javob berishdi.

2-shart bo'yicha institut kichik bog'chasida topishmoq o'yini o'tkazildi.

3-shart bo'yicha V binoda internet ma'lumotlari asosida Krossvord yechish o'yini o'tkazildi.

4-shart bo'yicha institut hovlisida A bino katta fontan atrofida cheklangan ish qurollaridan foydalanib, o'z fakultetini aks ettiradigan rasm chizish, maket yasash o'yini o'tkazildi. (2 ta vatmin A3 format qog'oz, bitta qaychi, bitta qora qalam, 2 ta flomaster, 2 ta rangli qog'oz, 1 ta kley, 2 ta rangli qalam) bilan shunaqa darajada narsalar yasalishini hech kim kutmagan edi.

5-shart jamoalar o'z fakulteti o'qituvchilari, rahbarlari hamda institut haqida qiziqarli savollarga javob berishdi.

6-shart mozayka yoshlikda ko'pchilik bu narsani sevib o'ynagan biz talabalar ishtirokini hisobga olib 6-shart Yotoqxonada o'tkazdik. 1000 qismlik mozaykani qaysi fakultet birinchi yig'ish o'yini bo'ldi. Yotoqxonada talabalar 5 kishilik jamoalar o'yinini soat 00-00 ga qadar dekan muovinlari boshchiligida kuzatishdi va g'oliblar ham aniqlandi. Barcha xursand

5 ta shart bo'yicha yakuniy natijalar quyidagicha

1-o'rin 5 ta shart bo'yicha 198 bal va 1000 talik mozaikani 100 % teraolgan yagona ishtirokchilar YRB fakulteti jamoasi

2-o'rin 5 ta shart bo'yicha 194 bal  va 1000 talik mozaikani 64,1 % teraolgan QXM fakulteti jamoasi

3-o'rin 5 ta shart bo'yicha 152 bal va 1000 talik mozaikani 62,1 % teraolgan GIM fakulteti jamoasi

1 ta nominatsiya "eng yaxshi ishtirok etgan jamoa" sifatida 5 ta shart bo'yicha 196 ball hamda 1000 talik mozaikani 43,5 foiz yig'aolgan GTQ fakulteti jamoasi Yoshlar haftaligi yakunida taqdirlanadi. Lekin, ochig'ini aytish lozim birinchi bor bu o'yinni tashkil etdik institut hududida qiziqarli bo'ldi ammo, kamchiliklari ham bor. Kamchiliklar uchun ishtirokchilardan uzr so'raymiz, albatta, baholar nisbiy lekin, keyingi yili bu xatolarni to'g'rilaymiz. Ammo,100 % 1000 talik mozaika yig'gan jamoani tan olish lozim. Oxirigacha uyushqoqlik bilan harakat qilgan YRB fakulteti jamoasi a'zolariga minnatdorchilik bildiramiz.

Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti ma'lumoti

Institut matbuot xizmati rahbari  Rahimboy Jumaniyozov