Eng yaxshi ilmiy maqola tanlovi
Institut rektorining 2019 yil 13 avgustdagi 776 A/F – sonli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan yosh olimlar va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini yuksaltirish, ularning yangi innovatsion texnologiyalarga qiziqishlari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ilmiy izlanishning mazmun-mohiyatini yoritishga bag‘ishlangan “Eng yaxshi ilmiy maqola” mavzusidagi maqolalar tanlovi komissiyasi 14 noyabr kuni quyidagi 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘z ishini boshladi:
- Suv resurslari, atrof-muhit muhofazasi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash.
- Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish. Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta’minoti.
- Qishloq va suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash.
- Yer va suv resurslarini samarali boshqarish va uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari.
Ushbu tanlovda ishtirok etayotgan barcha talabalarimizga omad tilab yaxshi natijalarni kutib qolamiz.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi Dilmurod Akbarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov