Yoshlar haftaligida innovatsiyalar kuni
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talabalarning intiluvchanligi, tashabbuskorligi va tashkilotchilik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan besh muhim tashabbus ijrosi yuzasidan 2019 yil 11-17 noyabr kunlari tashkil etilayotgan, “Yoshlar haftaligi” loyihasi doirasida, yoshlarning ilmiy sohaga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda yangi texnika-texnologiyalardan unumli foydalanib novatorlik imkoniyatlarini namoyish etishga sharoitlar yaratish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 14 noyabr kuni soat 10:00 da institut rektori tomonidan tasdiqlangan dastur asosida innovatsion ishlanma, loyiha va maketlar ko‘rgazmasini tashkil etildi. Novatorlik va innovatsiya ilm-fan taraqqiyotining yuksak cho‘qqisi xisoblanib, u bevosita insoniyat hayotining farovonlashuviga xizmat qilishi lozim.
Soha o‘ziga xos kreativ yondashuv, ijodiy fantaziya va ishbilarmonlik iqtidorini talab etadi. Shu ma’noda talaba yoshlarga bu sohada o‘rnak bo‘la oladigan shaxslar hayoti va faoliyati ayniqsa, ularning talabalar ilmiy ishlariga beradigan bahosi juda muhimdir. Bugungi tadbirda ham ana shunday e’tiborli mehmon, Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Olimjon Alijonovich To‘ychiev bevosita talabalar davrasida ishtirok etdi. O‘zining hayotiy tajribalari va zamonning eng dolzarb talablari nuqtai nazaridan izlanuvchan talabalarga zarur maslahatlarini berib, innovatsiyaning rivojlanishiga xizmat qiladigan har qanday yordamni ayamasligini ta’kidlab o‘tdi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi Dilmurod Akbarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov