Nazm va navo kechasi
So‘z mulkining sultoni, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda shoh va shoir, tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligi yurtimiz bo‘ylab juda keng nishonlanmoqda.
Ana shunday ma’naviy tadbirlardan biri institutimizning "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti ma’ruzalar zalida ham bo‘lib o‘tdi. Unda fakultetning iqtidorli tashabbuskor 1 kurs talabalari o‘zlarining sahnaviy ko‘rinishlar, diltortar qo‘shiq va raqslari hamda ikki buyuk allomaning she’riyatidan ayrim namunalarini o‘zbek, fors, rus va ingliz tillarida o‘qishlari tadbirda katta mazmun baxsh etdi.
Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalarni fakultet dekani hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavozov tomonidan faxriy yorliqlarni dekan muovini H.Eshova topshirdi
"YeRB" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov