Ta'lim va integratsiyani rivojlantirish

Institutimiz rektorining 2020 - yil 2 - fevraldagi institut umumjamoa yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini bajarish maqsadida shu yilning 12 - mart kuni “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ta'lim,fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, zamonaviy texnika va texnologiyalarini o'rganish maqsadida 5A313401-Geodeziya va geoinformatika mutaxassisligi magistrantlari bilan Kartografiya Davlat ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishdi. U yerda magistrantlar soha bo'yicha so'nggi yilarda korxonadagi zamonaviy texnologiyalari va yangiliklar bo'yicha mutaxassislar tomonidan kerakli ma'lumotlar olishdilar. Undan tashqari korxonaning 85 yillik muzeyida ham bo'lib qaytishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati