Qozog‘istonlik olim-pedagogning ma’ruzasi
2019 yil 12-Aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi tinglovchilariga Irrigatsiya va melioratsiya moduli bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Taraz Davlat Universiteti “Suv resurslari” kafedrasi dotsenti PhD doktor Jamalxan Izteleuovich Minarbekov universitet faoliyati, u yerda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar Universitetning hamkorlik aloqalari Qozog‘istonda Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida ma’lumot taqdim qilindi. 6.1 Irrigatsiya va melioratsiya moduli “Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish sabablari. Sho‘rlanishga qarshi tadbirlar. Sho‘r yuvish. Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash. Sho‘r yuvish muddatlari va me’yorlari. Sho‘r yuvishni tashkil etish.”, “Zovur turini asoslash. Tabiiy va sun’iy zovurlar. Gidrotexnik zovurlar tizimining tarkibi va vazifasi. Yotiq zovurlar, ularni rejada joylashtirish va ko‘rsatkichlari hisobi. Qurama zovurlar va ularning qo‘llanish sharoitlari. Tik zovurlar, tuzilishi va tarkibiy qismlari. Suv o‘tkazuvchi zovur tarmoqlari. Zax qochirish tarmoqlarini loyihalash prinsiplari. Zovur moduli. Zovur yuklamalarini hisoblash. Zovurlarning suv sarflarini aniqlash va ularning gidravlik hisoblari. Suv qabul qilgichlar. Zax qochirish tarmoqlaridagi inshootlar” mavzulari bo‘yicha 4-soat ma’ruza o‘qidi. Ilmiy-nazariy va amaliy mohiyatga ega bo‘lgan ma’ruza qiziqarli tarzda o‘qilgani bois barcha tinglovchilarda katta tassurot uyg‘otganini ta’kidlash o‘rinlidir.
PKQT va UMO tarmoq markazi bo‘lim boshlig‘i Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov