Xalqaro ilmiy seminar o‘z ishini yаkunladi
2021-yilning 14-aprel kuni Ispaniyaning Leida universiteti, "O‘rta asr tadqiqotlari” va "O‘rta asrlarda irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi" ilmiy-tadqiqot guruhlari va institutimizning "Gumanitar fanlar" kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ilmiy seminar o‘zi ishini tugalladi. Ilmiy seminarda jami 11 ta ma’ruzalar tinglandi. Xelena Kirchner, Feliks Retamero, Xermenegildo Fernandes, Enrik Guinot va boshqalar o‘rta asrlarda irrigatsiya tizimlari tarixiga oid qiziqarli chiqishlar qildilar.
Bugungi ilmiy seminarda Kamoliddin Shamsiddin “Qadimgi turklarda sug‘orish tizimlariga oid atamalar (fors va arab manbalari asosida)”, dots. X.Nazarov “O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda irrigatsion inshootlar tizimi va suv resurslarini boshqarish” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan chiqdilar. 13-aprel kuni avval xabar berganimizdek, ushbu seminarda t.f.d., prof. Sh.M.O‘ljayeva va institut tayanch doktoranti M.Mahmudovalar ilmiy ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Jami 11 ma’ruzachidan 4 tasi institutimiz professor-o‘qituvchilarga tegishli. Bu ma’ruzalar jamoamizning xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishi, ilm-fan sohasida integratsiyalashuvida o‘ziga xos o‘rin tutadi deb o‘ylaymiz. Kelajakda chop etilishi kutilayotgan ushbu ilmiy ishlarning natijalaridan institutning o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarini tashkillashtirishda foydalanish mumkin va ular muhim manba bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.
14-apreldagi sho‘’bada moderatorlik qilgan institutimizning “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri prof. Sh.M.O‘ljayeva ilmiy seminarda ushbu o‘zaro ilmiy aloqalarning ahamiyati haqida so‘zladi va “tariximizdan bugungi kungacha saqlanib kelgan irrigatsiya tizimlari va ob’ektlarini biz bugun to‘liq o‘rganib chiqishimiz va shu yo‘nalishda ham sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etish lozim. Uzoq asrlar davomida ajdodlarimizga xizmat qilib bugungi kungacha yetib kelgan irrigatsiya inshootlarini monitoringini olib borilishi va ular YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi kerak. Bu inshootlarni keyingi avlodga butun holatda yetib borishini ta’minlash ham bugungi kunning dolzarb vazifasidir” deya alohida ta’kidladi. Seminar so‘ngida ushbu ilmiy aloqalar kelajakda davom ettirilishi alohida ta’kidlandi. Shu bilan seminar o‘z ishiga yakun yasadi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati