Noyob iste'dod egasi

Abdulla Oripov - noyob iste'dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she'riyati katta o‘rin tutadi. Ijodkorning she'riy majmualari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, Ta'lim, Sanoat va San'at xalqaro akademiyasining haqiqiy a'zosidir. Shoir sheʼrlari, asarlari katta adadlarda bosilmoqda. Nomi abadiylashtirilmoqda.

Toshkentda Adiblar xiyobonida, Qarshining markazida unga haykal oʻrnatildi. Qarshida uning nomida ijod maktabi tashkil etildi. Davlat rahbarining Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorida uning nomini abadiylashtirishni, hayotini, ijodini chuqur oʻrganish va targʻib etishni yanada kuchaytirish belgilangan. Bu yangilanayotgan Oʻzbekistonda inson qadr-qimmatiga, ayniqsa xalqning asl farzandlari xotirasiga munosabat oʻzgarganidan dalolatdir. Shu jumladan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligini yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha bir yildan ziyod muddat mobaynida qator tadbirlar tashkil etildi.

Institut hududida Abdulla Oripov nomidagi muzey tashkil qilindi. Bu muzey talabalarimizga adib haqida chuqurroq ma`lumot olishlari uchun yana bir qadam bo`ldi. Shu munosabat bilan “Elektr ta`minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 1-bosqich talabalari muzeyga tashrif buyurishdi va juda katta taasurotga ega bo`lishdi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari “ kafedrasi assistenti Alisher Davirov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati