Ikki ulug‘ shoirga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy seminar
2021-yilning 15-iyun kuni "Barcha zamonlarning buyuk shoirlari Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning hayoti va ijodi: o‘xshash taqdirlar" mavzuida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro nufuzli ilmiy anjuman TIQXMMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Unda Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Tarix va Adabiyot institutlari, Boku davlat universiteti, Ozarbayjon milliy konservatoriyasi va boshqa universitetlarining taniqli olimlari hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Maxpirat nomidagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixi instituti, Turon Fanlar akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etib ilmiy ma’ruza qildilar.
Xususan, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi professori, tarix fanlari doktori Mais Amraxov «Slava nachinatelyu Nizami i prodoljatelyu Navoi», Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti bo‘lim mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Təhminə Bədəlova “Nizami Gəncəvinin "Məxzənül-əsrar" məsnəvisində tarixi şəxsiyyətlər, Boku davlat universiteti “Turkologiya” kafedrasi mudiri Ramiz Askar “Alisher Navoi na azerbaydjanskom yazыke”, Ozarbayjon Adabiyot instituti “Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston aloqalari” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori Almaz Uvli Binnatova "Əlişir nəvainin şəxsiyyəti haqqinda ilkin qaynaqlar", tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nigar Axundova «Nizami Gyandjevi-velikiy sыn azerbaydjanskogo naroda-v proizvedeniyax xudojnikov i skulptorov», filologiya fanlari doktori, professor Tərlan Quliyev «Zəhirəddin Məhəmməd Babur və Nizami Gəncəvi» kabi mavzularda ilmiy ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, O‘zFA Tarix instituti, institutimiz va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar ham Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga oid ma’ruzalari bilan chiqishdi.
Ma’ruzalar davomida ozarbayjonlik olimlar Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimiz tarixiga oid salmoqli ilmiy ishlarini taqdim etdilar. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Ozarbayjonda O‘zbekiston tarixini o‘rganishga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu xalqaro ilmiy seminar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 24/15-83 sonli topshirig‘iga asosan tashkil etildi. Ushbu hujjatda Ozarbayjon respublikasi ilmiy markazlari, oliy ta’lim muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ma’ruza, seminar va mahorat darslarini tashkil qilish, ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, konferensiya va ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish vazifalari belgilangan. Ushbu xalqaro ilmiy seminar yuqori saviyada tashkil etildi va bu ishlar kelajakda davom etadi.
TIQXMMI matbuot xizmati