Erasmus+ NICoPA loyihasining navbatdagi onlayn yig’ilishi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 10 avgust kuni Zoom platformasida Erasmus+ “NICoPA: Aniq (koordinatali) qishloq xo’jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar” loyihasining navbatdagi boshqaruv onlayn yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda loyihaning Germaniya, Chexiya, Bolgariya hamda Qozog’iston va O’zbekistondagi (TIQXMMI, O’zMU, TATU) hamkorlari, shuningdek, loyihaning tashqi taqrizchisi, ekspert Dr. Andrey Girenko ishtirok etdilar.
Yig’ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Avvalgi yig’ilishlarda belgilangan topshiriqlar ijrosi;
- Loyiha amalga oshirilishining 18 oyi bo'yicha hisobotlarning bajarilishi;
- Loyihaning bajarilishi bo’yicha tashqi taqrizchisi – ekspert Dr. Andrey Girenkoning taklif va tavsiyalari;
- Loyiha doirasida jihozlar xarid qilish va boshqa turli masalalar.
Yig’ilishda TIQXMMIdan loyiha koordinatori, Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti Ilhom Abdurahmanov hamda loyiha a’zosi, EkoGAT markazi o’qituvchisi Ilhomjon Aslanov ishtirok etdilar.
Loyiha doirasida TIQXMMIda tegishli bakalavriatura yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun quyidagi fanlardan o’quv qo’llanmalar yaratilmoqda:
- Gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilishda GAT va masofadan zondlashdan foydalanish asoslari;
- Geoaxborot tizim va texnologiyalari;
- Masofadan zondlashning qo’llanilishi;
- Aniq (koordinatali) qishloq xo’jaligi;
- Zamonaviy geodezik asboblar;
- Qishloq xo’jaligida dronlardan foydalanish menejmenti.
Loyiha to’g’risidagi batafsil ma’lumotni loyihaning quyidagi rasmiy veb-sahifasidan olishingiz mumkin: www.nicopa.eu
TIQXMMI Matbuot xizmati