Ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasi
Institutimizning “Elektrotexnika va mexatronika”, “Umumiy texnika fanlari” kabi kafedralarida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu kafedralar va “O‘zStandart” agentligi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot, innovatsiya, professor – o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqinlashtirish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolangan. Shu tufayli 2019 yil 13 sentyabr kunlari ushbu kafedra mudirlari X.I.Turkmenov va R.J.Baratovlar agentlik tarkibidagi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” da hamkorlik shartnomasida ko‘zda tutilgan masalalarni muhokama etish maqsadida laboratoriyalarda muzokaralar o‘tkazishdi. Quyida ushbu jarayondan lavhalar keltirilgan.
Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov