Ijarada yashovchi talabalar bilan suhbat
Yangi o‘quv yilini boshlab yuborgan talabalarga bilim olish bilan birga, turar joy ham zarurligini inkor etib bo‘lmaydi. Bunda ular oldida bir necha tanlash imkoni mavjud. Jumladan, talabalar turar joyi, ijara, qarindosh yoki yaqin insonlari xonadonlari. Yer resurslarni boshqarish fakulteti 306-guruh murabbiyi A.Jurayev ijarada yashayotgan talabalarning yashash joyidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdi va talabalarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi. Talabalarga turmush tarzi bu inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkinligi to’g’risida, shuningdek talabalarga har qanday noxush vaziyatlarning oldini olish, qo’ni-qo’shnichilik munosabatlarida yuqori madaniyat va xushmuomilalikka rioya qilish haqida tushuncha berib o’tildi.
Geodeziya va geoinformatika kafedrasi o’qituvchisi Jurayev Abdulla axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov