Samarqand safarida
Sayohatning ma’rifiy ahamiyati katta. Bilish va anglash bobida u insonga teran ma’lumotlar beradi. Dunyoni anglash va tushunish uchun yanada zamin hozirlaydi.
2018 yil 14 oktyabr kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o‘qituvchisi F.Abdusamatova murabbiylik guruhidagi talabalar bilan qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayyohat uyushtirishdi.
Sayohatchilar Registon maydonida bo‘lib, Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori Mir Shaxi Zaminda madrasalari bilan yaqindan tanishdilar va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimovning haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.
Sayohat orqali qilingan ziyorat talabalarni bir-biriga yanada yaqinlashtirdi. Ular orasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonch mustahkamlandi. Bunday yo‘sindagi tadbirlar, albatta, foydadan xoli bo‘lmasligi yana bir bor tasdiqlandi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ortiq Ro‘zibayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov