Grantlar tanlovi uchun bilim va jasorat kerak

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi, O’zbekiston mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezident Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida, Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillyayeva tomonidan 2016 yilda ta'sis etilgan.

Joriy yilning 13 noyabr sanasida, institutimizda tahsil olayotgan 4 – bosqich talabalariga «Karimov Fondi» bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbati Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondining bo’lim boshlig’i B.Abdullayev, yetakchi xodimi N.Qodirovalar ishtirokida bo’lib o’tdi. Tadbir davomida Karimov Fondi bo’yicha keng imkoniyatlar borligi, ulardan foydalanish mumkinligi haqida talabalarga ma’lumotlar berildi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi Rossiya, Yevropa va AQSh oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi. Tanlovda O‘zbekistonda hamda chet el oliy o‘quv yurtining oxirgi bosqichida o‘qiyotgan yoki muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan iqtidorli va iste'dodli yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun nomzod:

  • Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
  • Kimyo. Kimyo texnologiyasi;
  • Suv va yer resusrlarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Arxitektura. Bino va inshootlarni qurish;
  • Avtomobil yo’llari, ko’priklar, tonnellar, yo’l o’tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
  • Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
  • Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;

Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar  mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha ta'lim olgan (yoki ayni paytda o‘qishni tamomlayotgan) bo‘lishi shart. Mazkur fondda 35 yoshdan oshmagan ishtirokchilar qatnashish imkoniyatiga ega. Fond grantini qo‘lga kiritishni istagan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash;

- Vatani va xalqining iqtisodiy va ma'naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi va hayotiy maslagi deb bilish;

- umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarashi va yuksak axloq sohibi bo‘lishi;

- tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish hamda kamida bitta xorijiy tilni a'lo darajada bilish.

Hujjatlar 2018 - yilning 5 - noyabridan 24 - noyabrigacha Fondning saytiga (fondkarimov.uz) elektron ko‘rinishda yuboriladi. Talab etilgan hujjatlar, tanlov shartlari muddatlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumotlarni: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 24 - uydan yoki +99871 237 34 20; 237 38 13  telefon raqamlari hamda Telegram messenjeridagi alohida kanal: @GrantFondKarimov shuningdek, fondkarimov@gmail.com elektron pochta orqali olishingiz mumkin.

«Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi» Xorij oliygohlarida tahsil olish uchun 3-grantlar tanlovi haqida davra suhbatining taqdimotini ushbu manzildan olishingiz mumkin.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi uslubchisi  Z. Qilichova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov