3-TTJ da siyosiy partiyalar va «Yoshlar siyosiy ongini shakllantirish» ga muljallangan
Tadbir “Pedagogika, Psixologiya va o‘qtishi metodikasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan DEBAT 2019-yilning 13-dekabr kuni o‘tkazildi. Kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan debat shaklidagi savol-javoblar ayni paytdagi dolzarb muammolarga qaratilgan bo‘lib, yoshlar va jamiyatimiz yuqori qatlamidagi shaxslarning huquqiy ongini, bilmini shakllantirishga yo‘naltirilgan davra suhbati xisoblanadi. Hozirgi kunning eng dolzar masalalaridan biri jamiyatimizda olib boriladigan siyosiy tizimga bo‘lgan qiziqishlar va noroziliklar bo‘yicha tezkor savol-javoblar baracha yoshlar uchun ijobiy natijalar bera olshiga ishonchimiz komildir. Institutimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyini tashkil etilishi bugungi kunda yoshlar ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shu jumladan bugungi tadbirimiz ham barcha professor-o‘qituvchilar va talablar ongiga ijobiy ta'sir ko‘rsatish bilan birga, yoshlarning o‘zligini anglashga to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yana bir imkon bera oladi.
- Siyosiy partiyalar va ularning faoliyati to‘g‘risida tushunchalar bormi?
- Jamiyatimizda siyosiy - xuquqiy tarbiya darajalari haqida nimalarni bilasiz?
- Siz bilgan qaysi davlat siyosati sizga ma’qul?
- Davlatimiz boshqaruvining ma’qul tomonlari?
- Davlatmiz boshqaruvining noma’qul tomonlari?
- Siyosiy partiyalar bizning jamiyatimizdagi o‘rni va vazifalari to‘g‘risida nimalar bilasiz?
- Davlatimiz raxbarlarining boshqaruv tizimidagi o‘rni va vakolatlari to‘g‘risida nimalar bilasiz?
- Davlat boshqaruvi sizga ma’kbulmi yoki ma’qbul bo‘lmagan tomonlari to‘g‘risidagi tushunchalaringizni ayting?
- Rivojlangan mamlakatlar tomonidan olib boriladigan siyosiy-xuquqiy boshqaruv to‘g‘risida tushunchaga egamisiz?
- Qaysi davlat boshqaruvi siz uchun mqbul?
- Davlat boshqaruvida xotin-qizlar o‘rni to‘g‘risida nimalar bilasiz?
- Bo‘lib o‘tgan siyosiy o‘zgarishlar xalq manfaati uchun maqbulmi?
- Xalq manfaati deganda nimani tushunasiz?
- Yoshlarning siyosiy tushunchaga bo‘lgan munosabatlari qay darajada?
- Nega barcha yoshlar qatlamida ichki nizolar va norzichilik xislari yuqori darajada?
- Yaratilgan barcha imkoniyatlar halq manfaatlari va yoshlar xozirgi kuniga yaratilagan imkoniyatlar uchun mo‘ljallanganmi?
- Sizlarga berilgan barcha imkoniyatlardan foydalana olyapsizmi? agarda yuq bo‘lsa nimalrni qo‘ldan boy berdingiz?
- Agarda sizga davlat boshqaruvida ish boshlash imkoniyati berilsa birinchi bo‘lib ishni nimadan boshlagan bo‘lardingiz?
- Xotin-qizlarni boshqaruvidagi o‘rni va vazifalari haqida nimalar bilasiz?
- Mavjud imkoniyatlarimiz o‘tgan 10 yil oldingi imkoniyatlar bilan tubdan farqi bormi? Agar bo‘lsa ular nimalardan iborat?.
Barcha talabalar savol-javobga faol ishtirok etishdi. “Debat” barcha yoshlarimiz ongida ijobiy ta'asurot qoldirdi. Aynan shunga o‘xshash erkin fikrlar jarayonini yoshlar o‘rtasida surunkali ravishda olib borib turish lozimligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Tayyorladi PP va O‘M kafedrasi dotsenti D.I.Mukumova