Korruptsiya –taraqqiyot kushandasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 2020-yil 14-dekabr kuni “Korruptsiya –taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo'limi boshlig'i podpolkovnik J.Hushvaqtov va JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo'limi o'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakili kapitan Sh.G'oziyevlar tashrif buyurdi. Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari H.Ravshanov olib bordi. Podpolkovnik J.Xushvaqtov – “Korruptsiya” – so'zining ma'nosi, davlat xizmatchilari o'z lavozimlardan foydalanib, qanday holatlarga yo'l qo'yganda korruptsiya hisoblanishi xaqida batafsil tushunchalar berdi. Tadbir yakunida H.Ravshanov Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan oliy ta'lim tizimiga berilayotgan katta e'tiborga javoban oliy ta'lim tizimini korruptsiyadan holi tizimga aylantirishimiz zarurligi bugungi kunda asosiy dolzarb masala ekanligini ta'kidlab o'tdi va poraxo'rlikka qarshi kurashishni keng jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda o'tkazilishini tadbir ishtirokchilariga yetkazdi.
TIQXMMI matbuot xizmati