Texnika fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish borasida xamkorlik ishlari
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi bilan 2017- yil 12-sentyabrda tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi katta o'qituvchisi T.U.Apakxujayeva, kafedra assistenti D.E.Atakulovlar Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurti “Umumtexnika fanlari” kafedrasiga 2020-yil 12-dekabr kuni tashrif uyushtirib, professor-o'qituvchilar va kursantlar bilan birgalikda tadbir o'tkazdilar. Tadbir “Texnika fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish” mavzusida davra suhbati shaklida o'tkazildi. Davra suhbati davomida T.U.Apakxujayeva o'zining ilmiy tadqiqot ishlarini o'quv jarayoniga tadbiq etish, o'quv jarayonlarida olib borilayotgan ishlar, o'quv adabiyotlari yaratishning yangi talablari, virtual laboratoriyalarni yaratishda kompyuter dasturlaridan foydalanish, ularni yaratishda nimalarga e'tiborni qaratish kerakligi haqida ma'ruza qildi va davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. D.Atakulov "Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasida tayyorlangan laboratoriya ishlari bo'yicha ma'lumot berib, yaratilgan virtual laboratoriya darslaridan Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurti professor-o'qituvchilari va kursantlari ham foydalanishlari mumkinligini bayon etdi. Shu bilan birga T.U.Apakxujayeva “Suyuqlikning harakat rejimlari” mavzusida, D.Atakulov “Kalta va uzun quvurlar gidravlik hisobi” mavzusida mahorat darslarini o'tib berdilar va bilim yurti kursantlari hamda professor-o'qituvchilarning qiziqtirgan savollariga amaliyotga va ularning sohalariga bog'liq misollar asosida javob berdilar. Uchrashuv so'nggida bilim yurtlarining professor-o'qituvchilari o'quv, ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish lozimligi haqida fikr mulohazalarini bildirdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati