Ijro intizomini yanada mustahkamlashga oid seminar
Institut rektorining 2019 yil 25 dekabrdagi 1199 A/F sonli bo‘yrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Monitoring va ichki nazorat bo‘limi hamda Yuriskonsul’t ishtirokida 15-16 yanvar kunlari Institutning barcha ish yurituvchi xodimlariga Ijro intizomi bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad: Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va Hay’at qarorlarining bajarilishi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalar hamda institut Ilmiy Kengashining qarorlari, institut rektorining buyruqlarini bo‘limlar, fakultetlar va kafedralar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash hisoblanadi. Seminar davomida barcha ishtirokchilar ijro intizomiga oid o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov