Yangi tashkil etilgan akademik litsey tajriba o’rganish jarayonida
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyi o’qituvchilari nemis tili fani o’qituvchisi Shodmonova N, ingliz tili fani o’qituvchisi Geldiyeva F, psixolog Illiyevalar ta’lim jarayonini o’rganish, institut faoliyati bilan tanishish, kafedralar bilan hamkorlik qilish maqsadida TIQXMMIga tashrif buyurdilar va institutning malakali o’qituvchilari bilan tanishdilar, ularning ish faoliyatlarini yaqindan o’rganib, o’zlariga kerakli bo’lgan o’qitish usullari va ma’lumotlarni o’zlashtirdilar. Institutning ingliz tili kafedrasi mudiri dotsent Fayzullo Bekov darslarni yangi innovatsion texnologiyalar asosida o’qitish usullari kerakligini ta’kidlab, institute professor o’qituvchilari muallifligida chop etilgan barcha metodik o’quv qo’llanmalardan foydalanishni tavsiya etdilar.
Akademik litsey o’qituvchilari institutdagi dars jarayonlarini kuzatdilar va institutning tillar kafedrasida ham bo’ldilar. Tillar kafedrasi mudirasi Qilichova F., rus tili fani o’qituvchisi Yusupov E., Allyanova I., o’zbek tili fani o’qituvchisi Abdujabborova F. o’zlarining ish tajribalari bilan o’rtoqlashishdi. Hamkorlik jarayonida akademik litsey o’qituvchilari TIQXMMI huzuridagi Inter-House akademik litseyida ham bo’ldilar. Mazkur litseyning ingliz tili fani o’qituvchilari bilan fikr almashib, dars jarayonlarini kuzatib bordilar va o’zaro hamkorlikni yana davom ettirishni kelishib oldilar.