Giyohvandlik girdobi
Tahliliga ko‘ra, giyohvandlik yuqori asab tizimini qo‘zg‘atib, ishdan chiqargach, insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga putur yetkazadi. Shuningdek, organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni buziladi va oxir-oqibat butun vujud zaharlanadi. Bora-bora inson organizmi bunday moddalarni iste’mol qilmasa, qisman yoki butunlay ishdan chiqadi. Bunday og‘udan talaba-yoshlarimizni asrash maqsadida “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti ma’ruzalar zalida talaba-yoshlar va professor-xodimlari orasidaijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashi” va “Giyohvandlik - asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” kabi mavzular profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unga tashrif buyurgan soha hodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBning katta tezkor vakil kapitan Sh.Q.Abdullaev narkotrafik va giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish va giyohvandlikning oldini olish borasida 1994 yil 30 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining “O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasini tashkil etilganligi to‘g‘risida”gi 229-sonli Qarori, 1996 yil 7 noyabrdagi 382-sonli Qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahlil markazini tashkil etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalarini mustahkamlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan va ijrosi ta’minlanayotganligini aytib o‘tdi.
Tan olish kerak, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilgan. Shu ma’noda, davlatimiz tomonidan ham mamlakatimizda bunday illatning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo, afsuski, ayrim kimsalar tomonidan bu turdagi ajal og‘usini arzimagan pul evaziga yashirincha chegaradan olib o‘tishga urinishlar hali-hanuz uchrab turibdi. Bunday holatlarning oldini olish esa milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar organlari, bojxona hamda chegara qo‘shinlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, giyohvandlikka qarshi kurash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki keng jamoatchilikning ham bevosita vazifasi bo‘lib qolmog‘i lozim. Bir so‘z aytganda esa, uyimizni, farzandlarimiz hamda yaqinlarimizni “oq ajal” balosidan o‘zimiz asrashimiz shart.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti
Institutning motbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov