Orol muammosiga bag‘ishlandi
2020 yil 14 fevral kuni TIQXMMI Qarshi filialida Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyati partiya tashkiloti, Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda “Orol kelajagi – yoshlar nigohida” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni filial direktori Z.Muqimov ochib berdi.
Shundan so‘ng so‘z olganlar Orol dengizining – kechagi va bugungi ahvoli, aholining ekologik xabardorligini oshirishda OAVning tutgan o‘rni, yoshlarda huquqiy ekologik madaniyatni shakllantirish va ekologik umumbashariy dolzarb muammolar to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar tomonidan qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berib o‘tildi.
Tadbir qizg‘in muzokaralarga boy tarzda o‘tdi.
Umumtexnik fanlar kafedrasi mudiri Dilshod Quvvatov va filial matbuot kotibi Farrux Najimovlar axboroti
TIQXMMI Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov