Nufuzli davlat tashkilotlarining  talabi

Oliy ta’lim muassasasida tahsilni tugatgach, muvaffaqiyatli ishga joylashish har bir yosh yigit-qizning orzusi. Ammo hamma ham o‘qishni tamomlab mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi ish topa oladimi? Bugun dunyo aholisini tashvishga solayotgan muammolardan biri ham aynan ishsizlik hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori 11-bandi hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan.

Joriy yilning 16-aprel kuni institutimizning “Qishloq va suv xo’jaligida energiya ta’minoti” fakulteti “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” ta’lim yo’nalishining bitiruvchi talabalari va “O’zbekiston milliy metrologiya instituti”, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “O’zbekekpertiza” AJ rahbar xodimlari bilan birgalikda ushbu tashkilotlarning faoliyati va bo’sh ish o’rinlari yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida tashkilot rahbar xodimlari  tomonidan 50 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari mavjudligi va ularga joylashish shartlari haqida yaqindan ma’lumot berib o’tildi.

 

 

 

“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi

stajer o’qituvchisi A. Mustafoqulov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati