Talabalarning huquqiy-siyosiy ongini oshirish
O‘zbekistonda siyosiy partiyalar vazifasini anglash, hamda yoshlarning huquqiy-siyosiy ongini oshirish maqsadida 2021-yil 16 – aprel kuni “Gidromelioratsiya” fakultetining “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tuman Milliy tiklanish partiya kengashi a’zolari, Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi raisi o‘rinbosari Dadabayev Baxtiyor Baynazarovichlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida - hozirgi davrda yoshlarning siyosiy-huquqiy ongini oshirish, va bunda partiyalarning harakatlari to‘g‘risida fikr almashindi. “Gidromelioratsiya” fakultetining 1 va 2 - bosqich talabalari tomonidan judayam qiziqarli savollar berildi. Savollar quyidagicha: “Siyosiy partiyalarning vakolati nimalardan iborat?”, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ta’lim tizimida qanday takliflar kiritilgan?”, “Nega aynan blogerlar xalq dardini hal qilishmoqda?”, “Nega deputatlarga murojaat qilganda bu ishlar cho‘zilib ketadi?” va shunga o‘xshash ochiqcha savollarga javoblar berildi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari barcha savollarga samimiy va sidqidildan yondoshgan holda javob berishga harakat qildilar. Shunga o‘xshash seminar treninglar o‘tkazib turilganda, yoshlarimiz fikrlashi, dunyoqarashi yanada oshib boradi. Har bir inson o‘zini o‘zgartirsagina jamiyatimizda o‘zgarish ro‘y beradi – deydilar yurtboshimiz.
TIQXMMI matbuot xizmati