Yaponiyaning nufuzli universitetlari olimlari institutimiz mehmoni
Yaponiyaning 10 ta nufuzli universitetlari va O‘zbekistonning 6 ta universitetlari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda SATREPS loyihasi tarkibiy qismlarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 4 va 10 may kunlari Yaponiyaning JICA bosh vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari UEDA Yasunari, Kyoto universiteti professori TANAKA Kenji, Tottori universiteti professori TODERICH Kristina, Chiba universiteti HIGUCHI Atsushi, Kyoto universiteti professor assistenti KHUJANAZAROV Temurlar institutimizga tashrif buyurishdi. O‘zaro tanishtiruv marosimidan so‘ng, kun tartibining asosiy masalasi muhokama qilindi.
SATREPS loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlariga hamda 3 - komponenti bo‘lgan Irrigatsiya va drenaj qismiga rahbarlik qilishga kelishib olindi. Shuningdek, 1 - komponenti - sun’iy yo‘ldoshlar meteorologiyasi ma’lumotlarini tadqiq qilish, 2 komponenti – Gidrodinamika va suv resurslarini tadqiq qilish hamda 5 komponenti bo‘lgan “galofit dehqonchilikni yuritish”da hamkor sifatida ishtirok etishga kelishib olindi. Har bir komponent uchun rahbar tayinlanishi va institut bo‘yicha loyiha uchun umumiy rahbarlik belgilandi.
Ushbu loyihani bajarishda Innovatsion rivojlanish vazirligining ishtiroki ham ta’minlanishi kelishib olindi. Ushbu loyihaning tadqiqot ishlarini bajarishda o‘zbek olimlarining xarajatlarini vazirlik moliyalashtiradigan bo‘ldi.
TIQXMMI matbuot xizmati