Dala amaliyotidan bir kun
Joriy yilning 11 - iyunidan boshlab "Gidromeliorasiya" fakultetining 2-bosqich talabalari dala o'quv amaliyotini o'tash maqsadida institutimizning Toshkent viloyatida joylashgan dala amaliyoti uchun mo'ljallangan yerlariga jo'natilgan edi. U yerda talabalar ma'ruza hamda seminar darslardan o'rgangan bilimlarini amalda qo'llab o'zlari uchun ko'nikma hosil qilishmoqda. Shu jumladan ushbu bosqichning 208-guruh talabalari, ustozi S.Mansurov boshchiligida “Quruqlik gidrologiyasi” fanidan dala amaliyotida suv sathini o'lchash usullarini amalda qo'llashdi. Bundan tashqari boshqa guruhlar ham dala amaliyotida talabalar “Tuproqshunoslik va dehqonchilik”, “Gidrometriya” fanlaridan dala o'quv amaliyotlarini ham o'tashmoqda. Talabalarga dala amaliyotini yaxshi o'tkazib a'lo baholar olishga va kelajakda yetuk mutaxassis bo'lishiga ishonamiz.
"Gidromelioratsiya" fakulteti dekan muovini Luqmon Samiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov