Xalqaro ilmiy kengash seminarida TIQXMMI magistranti ham ma’ruza qildi
Joriy yilning 16 – iyun kuni Krakow Texnologiya Universiteti Uy-joy va atrof muhitni rivojlantirish ilmiy kengashi (Scientific seminar of the Department of Housing Environment Development) seminari bo’lib o’tdi. Unda kengash xalqaro a’zosi Professor Obid Tursunov o’z shogirdi institutimizning “Elektr ta'minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi 1 – bosqich magistranti Karimov Islom bilan ishtirok etdilar.
Xalaqaro miqiyosdagi ushbu ilmiy kengashda magistrantimiz Karimov Islom o’zining “Heating and cooling green buildings via solar and geothermal technologies” (yashil binolarni quyosh va geotermik texnologiyalar yordamida isitish va sovutish) nomli taqdimoti bilan ishtirok etdi. Quvonarli jihati shundaki bunday yuqori darajali xalqaro ilmiy kengash seminarida TIIQXMMIning magistrantini ma’ruza bilan ishtirok etishi by institut uchun tarixiy voqea bo’ldi.
Magistrantimiz o’z ma’ruzasini yakunlaganidan so’ng, ilmiy kengash a’zolari yopiq onlide eshik ortida maruzani muxokama qilib unga yaxshi baxo berishdi va institutimiz magistrantini kelgusi ilmiy faoliyatlarini xalqaro ilmiy kengash tomonida qullab quvatlanishi takidlab o’tildi.
TIQXMMI matbuot xizmati