Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari
Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi bilan tuzilgan № 15/2021-sonli «Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan sug‘oriladigan maydonlarda tuproq sharoitini inobatga olgan holda mavjud kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik parametrlarini takomillashtirish» mavzusidagi xo‘jalik shartnomasining 2021 yilda rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida institutimiz rektori U.Umurzaqovning 2021 yil 8 iyundagi 25 x/s – sonli buyrug‘iga asosan loyihada ishtirok etayotgan “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining bir guruh professor o‘qituvchilari hamda doktorantlari yurtimizning Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib qaytdilar.
Xizmat safari davomida Katta Farg‘ona magistral kanali xizmat ko‘rsatuvchi Sirdaryo-So‘x ITHB nazoratida bo‘lgan Qo‘shtepa tumanidagi “Farg‘ona global tekstil” klasteri hamda O‘zbekiston tumanidagi “21 asr xirmoni” fermer xo‘jaliklaridagi suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlarda tadqiqotlar olib borildi.
TIQXMMI matbuot xizmati