Yoshlar – elga tayanch

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda “Gidorelioratsiya” fakultetiga biriktirilgan “Lashkarbegi” MFY bilan o`zaro hamkorlik masalalari amaliy isbotini topmoqda, jumladan, tasdiqlangan reja asosida 2021 yil 16 iyun kuni kunning yarmida “Hamid Olimjon” MFY mahalla yoshlari o`rtasida shaxmat, shashka bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi. Ushbu musobaqaga fakultetning “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mas’ul bo`lib, kafedra mudiri D.Nazaraliyev biriktirilgan bevosita ushbu tadbirni “Lashkarbegi” mahalla, Oila, xotin - qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo`yicha rais o`rinbosari Z.Rasuliy va Hamid Olimjon mahalla, Oila, xotin - qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo`yicha rais o`rinbosari M.Shermuhammedova, “Gidomelioratsiya” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini Z. Abdurashidovlar ishtirokida musobaqa tashkillashtirildi.

Bu musobaqani hakamlari qilib “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedra professor - o`qituvchilari; I.Ro`ziyev, S.Nurjanov, S.Mansurov, J.Hamraqulov, Q.Eshquvatov, dekan muovini Z.Abdurashidovlar tayinlandi. 3 ta turdan iborat bo`lgan turnir 2 ta yo`nalish (shaxmat, shahka)da bo`lib o`tdi. Murosasiz bo`lib o`tgan ushbu sport tadbirida “Lashkarbegi” MFY jamoasi 1-o`ringa, “Hamid Olimjon” MFY jamoasi 2-o`ringa loyiq deb topildi hamda diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Tabdirni Institutimiz hududida bo`lib o`tgani ham ya’ni ikkita MFY hududidan tashqari neytral joy tanlangani musobaqa ko`tarinki ruhda va hayajonli eng asosiysi shaffof o`tishini ta`minladi. Taqdirlash marosimi mahlla faollari kelgan ota-onalar, “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri dotsent D.Nazaraliyev Hamid Olimjon mahalla, Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo`yicha rais o`rinbosari M.Shermuhammedova, “Gidomelioratsiya” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini Z.Abdurashidovlar ishtirokida taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar mahalla yoshlarini bo`sh vaqtlarini unumli va samarali o`tkazish bilan birga institut professor-o`qituvchilari hamda talabalari bilan do`stona aloqalarini o`rnatishga zamin yaratadi. Oliy ta`lim muassasalarini mahallabay tizimida ishlash eng to`g`ri va samarali usul ekanligini yana bir bor isbotladi.

 

 

GM fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini Z.Abdurashidov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati