Talabalarning bo‘sh vaqti mazmunli va maroqli o‘tkazilishi uchun shart-sharoitlar eshigi ochilmoqda

TIQXMMI Qarshi filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Qashqadaryo viloyatida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda oliy ta’lim muassasalarida startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 309-sonli qarori ijrosi ta’minlandi. Ushbu qarorga muvofiq Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

2021-yil 16-iyun kuni TIQXMMI Qarshi filiali qoshidagi inkubatsiya markaziga “EAMM” yo’nalishi 126-127-guruh talabalari guruh edvayzerlari B.Jo’rayeva va I.G’aniyevlar rahbarligida tashrif buyurishdi. Tashrif chog’ida talabalarga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, turli startap-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, startap bazasi bilan ishlash, startap loyihalariga maslahat berish, IT vositalaridan foydalanish va shu kabi boshqa narsalar haqida ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun, oliy o‘quv yurtlari qoshida inkubatsiya markazlarini ochishdan asosiy maqsad - bu iqtidorli talaba-yoshlar orasida yaratilayotgan innovatsion loyihalar soni va sifatini oshirishdir.

 

Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Ilhom G’aniyev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati