Yozgi o‘quv –dala amaliyoti
Gidrologiya va Meliorativ gidrogeologiya mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan II kurs talabalarining "Gidrometriya", "Gidrogeologiya" fanlaridan auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni dala sharoitida bajariladigan ishlar bilan tanishtirish va amalda o‘rgatish maqsadida TIQXMMI ning Qorasuvdagi Nayman suv taqsimlash inshooti hududida 2 haftalik yozgi o‘quv-dala amaliyoti rejalashtirilgan. Ushbu amaliyotda bo‘lajak gidrologlar va gidrogeologlar bajargan gidrogeologik va gidrometrik ishlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirildi. Jumladan, suv sathini kuzatish, chuqurliklarni o‘lchash ishlari, suvning oqish tezligini o‘lchash, suv sarfini o‘lchash va uni hisoblash, daryo oqimining miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlash, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini va iste’molga yaroqli yoki yaroqli emasligini aniqlash, yer osti suvlarining yotish chuqurliklarini aniqlash, suv sathini kuzatish ishlari amalga oshirildi.
Yozgi o‘quv-dala amaliyotini jarayonida institutimiz raxbariyati tomonidan talabalarga bir qancha qulay shart-sharoit yaratib berildi. Jumladan, talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ularni jismonan chiniqtirish maqsadida sun’iy suv havzasi tashkil etilganligi buning yaqqol misolidir. Shuningdek, talabalar madaniy hordiq olishlari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratib berayotgan va ularni qiziqtirgan mashg‘ulotlarni tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatayotgan "Gidrologiya va Gidrogeologiya" kafedra mudiri D.V.Nazaraliev va "Gidromelioratsiya" fakultet dekani A. Fatxullaevga kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
O‘ylaymizki, bunday dala-tajriba ishlarida talabalarimiz kelajakda ishlab chiqarish jarayonida o‘zlarining egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda ikkilanishsiz qo‘llay oladi. Shu bilan bir qatorda bu jamoaning ahilligi, bir-biriga bo‘lgan munosabati, ularni institut oldidagi mas’uliyatidan kelib chiqqan holda, bular kelajakda har qanday holatda ham institutimiz sha’nini himoya qila oladigan darajada yetuk mutaxassislar bo‘lib chiqadi deb o‘ylaymiz.
Q.Sh.Eshquvatov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov