Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga taklif etamiz.
Sizga ma’lumki serquyosh o‘lkamiz qishloq xo‘jaligida turli tuman shirindan shakar mevalar va turli vitaminlarga boy sabzavotlar yetishtiriladi. Ushbu meva sabzavotlarni saqlash va ularni qayta ishlash bugungi kunni eng dolzarb muammolari qatoriga kiradi va bu soha mutaxassislariga ehtiyoj va talab turli respublikamiz viloyatlarida birmuncha yuqoridir.
Shularni hisobga olib 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti tarkibida 5410500-Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (maxsulot turlari bo‘yicha) yangi bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 1-kursga 50ta talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Qishloq xo‘jaligini ushbu muhim yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishga qiziqqan hurmatli abiturientlar ushbu yo‘nalishga hujjat topshirishlarini so‘rab qolamiz.