Ilmiy xodimlar bilan uchrashuv
"Gidromelioratsiya" fakulteti, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 406-guruh talabalari, guruh murabbiyi Matyakubov B.Sh. bilan birgalikda, Xalqaro suv resurslarini boshqarish institutining Toshkentda joylashgan ofisiga 2019 yilning 16 oktyabr kuni tashrif buyurishdi va ilmiy xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv jarayonida tashkilotning ilmiy xodimlari Qahramon Jumaboyev va Zafar Gafurov institutning tashkil etilish tarixi, maqsadi, vazifalari va institut xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida talabalarga ma’lumot berdi.
Jumladan, qishloq joylarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishini yer va suv resurslardan foydalanishga ta’siri va Qarshi cho‘lida nasos bilan sug‘oriladigan maydonlarda suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan bir qatorda geografik axborot tizimlaridan suv resurslarini boshqarishdagi ahamiyati to‘g‘risida ham ko‘shimcha ma’lumot berildi. Institut xodimlari talabalarga institut tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni ham tushuntirdi. Talabalarning institut xodimlari bilan kelishilgan holda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish va ilmiy loyihalar doirasida diplom ishlarini yozishlari mumkinligi tushuntirildi. Uchrashuv jarayonida talabalar tomonidan soha bo‘yicha ko‘plab savollar berildi va to‘liq javoblar olindi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi prof.v.b. Matyakubov B.Sh. axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov