Ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi
2018 yil 9 oktyabr kuni institutning "Ma’naviyat va ma’rifat" xonasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 795-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi yakuni yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov, fakultet dekanlari A.Fatxullayev, B.Xasanov, B.Norov, U.Qo‘ziyev, A.Isakov, Z.Muqimov, O.Ko‘charov, bo‘lim boshlig‘i Z.Haydarov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ushbu tanlovga talabalar tomonidan ko‘plab ijodiy ishlar va maqolalar topshirilganligi, ularni saralash va tanlab olishda shaffoflik tamoyillariga amal qilingani ta’kidlandi. Fakultetlarda o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovining 2-bosqichi yakunlariga ko‘ra, talabalar qo‘yidagi o‘rinlrni egallaganligi e’lon qilindi.
1. "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti bo‘yicha:
I – o‘rin, (2 ta). Nuraliyev Samandar. 2-kurs, 203-guruh talabasi, Nam Nadejda, 4 kurs, 404-guruh (rus) talabasi;
II o‘rin. Tohirov Shohruh. 2-kurs, 203-guruh talabasi;
III– o‘rin. Yahyayev Otabek. 4-kurs, 404-guruh talabasi;
2. "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti bo‘yicha:
I – o‘rin. Abdujalilova Umida. 2-kurs, 209-guruh talabasi;
II– o‘rin. Burxonova Munisa. 3-kurs, 306-guruh talabasi;
3. "Gidromelioratsiya" fakulteti bo‘yicha:
I – o‘rin. Imomaliyeva Sohiba, 2-bosqich 218-guruh talabasi;
4. "Qishloq xo‘jaligi mashinalari" fakulteti bo‘yicha:
I – o‘rin. Mamatqulova Shoira. 2-kurs, 205-guruh talabasi;
5. "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakulteti bo‘yicha:
I – o‘rin. Mutalov Alisher. 4-kurs, 407-guruh talabasi;
6. "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti bo‘yicha:
I – o‘rin. Arziyeva Noila. 3-kurs, 306-guruh talabasi;
7. "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti bo‘yicha:
I– o‘rin. Karimov Islom. 2-kurs, 209-guruh talabasi;
II – o‘rin. Abdurahmonova Donoxon. 1-kurs (sirtqi) talabasi;
Yig‘ilish yakunida fakultet dekanlari va kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu ko‘rik-tanlov borasidagi fikrlar bildirildi. Bu kabi ko‘rik-tanlovlar talabalarning ilmiy va ijodiy salohiyatlarining oshishida muhim o‘rin egallashi ta’kidlandi.
Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Haydarov Zuhriddin Rabbiyevich axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov