Tuproqning morfologik belgilari, tuzilishi va mexanik tarkibi mavzusida ochiq ma’ruza

Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari kafedrasi dotsenti Abdusamat Axatov  Tuproqning morfologik belgilari, tuzilishi va mexanik tarkibi mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. 15 oktyabr bo‘lib o‘tgan ma’ruzada kafedra professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ma’ruzachi tuproq morfologiyasini quyidagicha tushintirib o‘tdi:
Tuproq morfologiyasi deganda, uning tashqi ko‘rinishini izohlovchi belgilar tushuniladi. Ularga tuproqning genetik qatlam-lari, tuproq qalinligi,namligi, rangi, strukturasi (donadorligi), qovushmasi, mexanik tarkibi, tuproqning yangi yaralmalari, qo‘shilmalari kiradi.        Tuproqning morfologik belgilari asosan tuproqning hosil bo‘lish va rivojlanish xossalarini izohlaydi.

To‘liq rivojlangan tuproq asosan quyidagi genetik qatlamlardan iborat: A — gumusli-akkumulyativ qatlam;

V — illyuvial yoki oraliq qatlam;

S — tuproq hosil bo‘lish jarayonida kam o‘zgargan ona jins qatlam;

D— tuproq qatlami ostida joylashgan tuproq hosil bo‘lish jarayonida o‘zgarmagan ona jins.

Tuproqning genetik qatlam-lari morfologik belgilarning miqdoriy ko‘rsatkichlari va boshqa xususiyatlariga qarab qatlamchalarga bo‘linishi mumkin.

Ushbu ma’ruzada talabalar tuproqning morfologik belgilari haqida nazariy bilimlarini boyitdilar, kelasi amaliy mashg‘ulotlarda esa nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab o‘rganish imkoniyati bo‘ladi. 

 

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.