“Yil talabasi” va «Yoshlar haftaligi» tadbirlari o‘tkazildi
Har qanday jamiyatning ertasi, mamlakat taraqqiyoti ta’lim olayotgan yoshlarning saviyasi, bilim darajasi bilan bog‘liq. Shunday ekan, intellektual salohiyatga ega yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab - quvvatlash yangi innovatsion ixtirolarga yo‘l ochishi tabiiy.
16 noyabr kuni institutimiz madaniyat saroyida "YIL TALABASI - 2018" Respublika tanlovi institut bosqichi ishtirokchi va g‘oliblarining taqdirlash marosimi hamda "YoShLAR HAFTALIGI 2018" loyihasining ochilishi tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni institutimiz rektori ochib berdi va yoshlar haftaligi oxirida fakultet dekanatlariga haftalikda g‘olib bo‘lgan va ishtirok etgan talabalar natijalari umumlashtirilib reyting bahosi qo‘yilishi belgilab qo‘yildi. G‘olib bo‘lganlar munosib taqdirlanishi aytib o‘tildi.
Rektor Umurzakov O‘ktam Pardayevich o‘z nutqida jumladan, shularni qayd etdi. Ma’lumingizkim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomilashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilingan. Yuqoridagi hujjatlar asosida bugungi kunda yoshlarga davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Albatta, institutimiz yoshlarining ham ana shu imtiyozlardan foydalanayotgani, o‘z navbatida institutimiz yoshlari orasida faol, tashabbuskor, intiluvchan yoshlarning borligi quvonarlidir.
Shuningdek, bugungi kun tartibidan o‘rin olgan quvonarli tadbirimiz O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining 2018 yil 22 yanvarda tasdiqlangan 1 - sonli bayonining 1 - ilovasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlar siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora - tadbirlar Dasturi”ning 39 - bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan “Yil talabasi” institut bosqichi tanlovida faol ishtirok etib o‘ziga xos o‘rin va nominatsiyalarga ega bo‘lgan talabalarimizni samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.
Ayni paytda ana shu xayrli va ma’rifiy ishlarning davomi sifatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkiloti institut talabalarining intiluvchanligi, tashabbuskorligini va tashkilotchilik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2018 yil 16-23 noyabr kunlari tashkil etiladigan “YoShLAR HAFTALIGI” loyihasini mamnuniyat bilan ochiq deb e’lon qildilar.
Kuchli, intellektual salohiyati bilan ajralib turgan 31 ta talaba sahnaga taklif qilindi. Boshlovchi tomonidan “Yil talabasi” institut bosqichi tanlovi g‘oliblarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi rektorning buyrug‘i o‘qib eshittirildi.
Institutda tahsil olayotgan talabalarda tashabbuskorlik va vatanparvarlik fazilatlari, o‘z kasbini sevish, ilm - fanga ishtiyoq hamda yurt kelajagiga dahldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan “Yil talabasi” institut bosqichi tanlovi g‘oliblari quyidagi tartibda 5 ta nominatsiya bo‘yicha rag‘batlantirildi.
a) “Yilning eng tashabbuskor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1 - o‘rin - Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti, 4 - kurs, 7 - guruh talabasi, Mutalov Alisher Abduhalil o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining yetti barobari miqdorida;
2 - o‘rin - Gidromelioratsiya fakulteti, 3 - kurs, 16 - guruh talabasi, Otaxonova Olima Adhamjon qiziga - eng kam oylik ish haqining olti barobari miqdorida;
3 - o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 3 - kurs, 4 - guruh talabasi, Baratov Ma’rufjon Bahodir o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida;
b) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1 - o‘rin - Yer resurslarini boshqarish fakulteti, 3 - kurs, 8 - guruh talabasi, Norboyeva Dilshoda G‘ayrat qiziga - eng kam oylik ish haqining yetti barobari miqdorida;
2 - o‘rin - Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti, 4 - kurs, 1 - guruh talabasi, Vafoyev Rustam Safo o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining olti barobari miqdorida;
3 - o‘rin - Gidrotexnika qurilishi fakulteti, 3 - kurs, 5 - guruh talabasi, To‘lqinov Akram Rustamjonovichga - eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida;
s) “Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1 - o‘rin - Gidromelioratsiya fakulteti, 2 - kurs, 1 - guruh talabasi, Jalilov Sirojiddin Muhiddin o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining yetti barobari miqdorida;
2 - o‘rin - Yer resurslarini boshqarish fakulteti, 4 - kurs, 3 - guruh talabasi, Abdullayev Otabek Zohidjon o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining olti barobari miqdorida;
3 - o‘rin - Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti, 4 - kurs, 1 - guruh talabasi, Axmadov Safarali Qahramon o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida;
d) “Yilning sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1 - o‘rin - Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti, 2 - kurs, 12 - guruh talabasi, Lutfullayev Muzaffar Fayzullo o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining yetti barobari miqdorida;
2 - o‘rin - Yer resurslarini boshqarish fakulteti, 3 - kurs, 8 - guruh talabasi, Raimnazarova Mavluda Ismoilovnaga - eng kam oylik ish haqining olti barobari miqdorida;
3 - o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 4 - kurs, 4 - guruh talabasi, Namozov Jahongir Abduqahhor o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida;
ye) “Yilning ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1 - o‘rin - Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti, 4 - kurs, 4 - guruh talabasi, Akbarov Dilmurod Maxammad o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining yetti barobari miqdorida;
2 - o‘rin - Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti, 3 - kurs, 1 - guruh talabasi, Yo‘ldoshboyev Baxtiyor Barotboy o‘g‘liga - eng kam oylik ish haqining olti barobari miqdorida;
3 - o‘rin - Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti, 3 - kurs, 2 - guruh talabasi, Rustamova Maftuna Rustam qiziga - eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirilsin.
“Yil talabasi” ko‘rik - tanlovidagi faol ishtirokchilarning ro‘yxatini keltirishni ham maqsadga muvofiq deb bildik.
T/R |
Fakultet nomi |
F.I.Sh |
1. |
Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti talabasi |
Xikmatov Muxammad-ali Fayzullo o‘g‘li |
2. |
Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti talabasi |
Abdujalilova Umida Abdurauf qizi |
3. |
Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti talabas |
Shirinboyev Umidjon Baxtiyor o‘g‘li |
4. |
Gidromelioratsiya fakulteti talabasi |
Yo‘ldosheva Nazira Ibroxim qizi |
5. |
Gidromelioratsiya fakulteti talabasi |
Akromov Jamoliddin Ikromjon o‘g‘li |
6. |
Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti talabasi |
Dadarboyev Muxriddin Abduraxmonovich |
7. |
Yer resurslarini boshqarish fakulteti talabasi |
Nazarov O‘lmas Azamat o‘g‘li |
8. |
Gidromelioratsiya fakulteti talabasi |
Kuandikov Azamat Batirovich |
9. |
Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti talabasi |
Tursunxodjayeva Dilafruz Dilshod qizi |
10. |
Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti talabasi |
Ibragimov Sherbek Eshmirza o‘g‘li |
11. |
Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti talabasi |
Sulaymonov Sharifjon Jaloliddin o‘g‘li |
12. |
Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti talabasi |
Qo‘chkarova Gulruh Muxtarbekovna |
13. |
Gidromelioratsiya fakulteti fakulteti talabasi |
Amonov Oxunjon Ergash o‘g‘li |
14. |
Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti talabasi |
Sayliyev Odiljon Ixtiyor o‘g‘li |
15. |
Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti |
Ibroximov Xofiz Xolbek o‘g‘li |
16. |
Yer resurslarini boshqarish fakulteti talabasi |
Inomova Nargiza |
Rag‘batlantirishlar nihoyasiga yetgach, badiiy chiqishlar boshlandi. Havaskor shoirlardan Akbarov Dilmurod Maxammad o‘g‘li (QSXET fakulteti, 4-kurs, 4-guruh talabasi), Rustamova Maftuna Rustam qizi (SXTEB fakulteti, 3-kurs, 2-guruh talabasi), Ahmadov Nuriddin Zafar o‘g‘li (Gidromelioratsiya fakulteti 3 kurs talabasi), Nazarov O‘lmas (Yer resurslarini boshqarish fakulteti 4-kurs talabasi) o‘zlari yozgan she’rlaridan o‘qib ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa, Vaydullayev Doston O‘ktam o‘g‘li (SXTEB fakulteti 4 kurs talabasi) ichakuzdi hangomalari bilan ishtirokchilarga tabassum ulashdi. Yusuf Choriyev ijrosidagi qo‘shiq, talaba qizlar ijrosidagi raqs va “Targ‘ibot” QVZchilarning yoshlari ishtirokidagi badiiy chiqishlar ayricha kayfiyat baxsh etdi.
2018 yil 16-23 noyabr kunlari tashkil etiladigan “YoShLAR HAFTALIGI” loyihasi doirasida haftalik davomida o‘tkazilayotgan tadbir va tanlovlarda institutning barcha fakultetlari rahbariyatlari faol bo‘lishi nazarda tutilgan. Haftalik davomida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan talabalar natijalarini umumlashtirib, fakultet rahbarlarining ma’naviyat - ma’rifat masalasida reytingi tuziladi. G‘olib bo‘lgan fakultet va talabalar munosib taqdirlanadi. Shuning uchun ham talabalar faol bo‘lishga chorlandi.
O‘zlarining intellektual salohiyati va faolligi bilan ajralib turgan talabalarga, beshta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblariga o‘z tabriklarini yetkaza turib rektorimiz talabalarga keyingi faoliyatlarida ham omad va zafarlar yor bo‘lishini tiladi.
O‘z bilimi, iqtidori, innovatsion g‘oyalari bilan e’tiborga molik bo‘lgan talaba o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasining iftixori, yuzi-ko‘zi va sharafi bo‘lishini e’tirof etib o‘tdilar.
Yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov