Salomatlik – tuman boylik
Inson salomatligiga daxldor harakatlar jamiyatning salomatligi uchun intilish demakdir. Naslning sog‘lom bo‘lishi ayol sog‘ligiga bog‘liq. Shuning uchun ham talaba qizlar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar e’tiborga molik 2018 yil 16-noyabrda institutning “Ma’naviyat xonasi”da Toshkent shahar reproduktiv salomatlik markazining malakali shifokorlari bilan birgalikda umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Gidrotexnika qurilishi” va “QSXET” fakultetining talaba qizlari va professor-o‘qituvchilar va Toshkent shahar reproduktiv salomatlik markazining malakali shifokorlari Abdullayeva G.Sh. va K.Abdimo‘minovalar qatnashib , hamkorlikda tuzilgan chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan "Qizlar gigiyenasi” va “Qizlarni turmushga tayyorlash" mavzularida ma’lumotlar berib o‘tdi. Talaba qizlar reproduktiv salomatlik to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni olishdi. Shundan so‘ng professor-o‘qituvchi va talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Z.Xafizova ma’lumoti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov