Savodxonlik qiziqish va intilishdan boshlanadi
Savodxon bo‘lmagan yurtning istiqboli, xalqining iqboli bo‘lmasligi ayon. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Kelajak bugundan boshlanadi”. Shunday ekan, savodxonlik masalasi ham bolalikdan boshlanadi, takomillashtirib boriladi. Bu og‘zaki va yozma nutqning to‘la shakllanishi natijasida savodxonlik darajasi yuksaladi, tafakkur va dunyoqarash takomillashadi.
2018 yil oktyabr-dekabr oylarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “MEN ShU AZIZ VATAN FARZANDIMAN!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha chora - tadbirlar rejasidagi “O‘quvchilarni qiziqish va intilishlaridan kelib chiqib ularning savodxonligini oshirishga ko‘maklashish” maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti va Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 324-sonli maktab bilan hamkorlikdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “MEN KITOBNI SEVAMAN” mavzusida
6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu bellashuvda 6-“M” sinf o‘quvchilari faxrli 1-o‘rinni egallashdi. 6-“B” sinf o‘quvchilari 2-o‘rinni, 6-“Ye” sinf o‘quvchilari esa 3-o‘rinni egalladilar.
G‘olib o‘quvchilarga diplom va estalik sovg‘alari taqdim etildi.
“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov