Taʼlim sifati va samaradorligi sari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3003-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2018 yil 1 avgustdagi “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash toʻgʻrisidagi” 74-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi “Suv qurilish invest” davlat unitar korxonalari direktorlari, “Meliorativ ekspeditsiya”, “Nasos stansiyalari boshliqlari”, “Suv omborlari boshliqlari ” va tuman Irrigatsiya boʻlimi boshliqlari uchun malaka oshirish kursi tashkil qilinmoqda.
Malaka oshirish jarayoniga ishlab chiqarish korxonalaridan koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan yetakchi mutaxassislarning jalb etilishi oʻquv jarayonini sifatli tashkil etilishini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Markaz xodimlari tinglovchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shaxrida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik majmualariga, maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻi boʻlgan muzeylar teatrlarga sayohatlar uyushtirib tinglovchilarning madaniy hordiq chiqarishlariga ham oʻzining munosib hissasini qoʻshishmoqda.
PKQT va UMO tarmoq markazi boʻlimi boshligʻi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov