Hamkorlikning samarali  natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligining 2020-yil 2-dekabrdagi  “Umumta’lim maktablarida  ta’lim sifati va o‘qituvchilarning  kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash  uchun respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan maktablar  to‘g‘risidagi 80-87-664 – sonli xatida  ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, maktablarda o‘quv jarayoni va o‘quv uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda darslarni pedagogik texnologiyalar asosida  tashkil qilish yuzasidan  “Umumta’lim muassasalari  uchun ta’lim jarayoniga  ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” bo‘yicha  ”Profes-sional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedra qoshida tashkil etilgan “Pedagogik mahorat maktabi” kursiga jalb etildi.

Institut tomonidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati xalq ta’limi bo‘limi tomonidan hamkorlik MEMORANDUMI imzolangan. Bu borada biriktirilgan 10 ta Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 12,58, 150,271,274-maktablar va Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 41,51,55,56,64 - maktablardan 5 nafardan 50 nafar yosh o‘qituvchilar onlayn asosida o‘z malakalarini oshirdilar. 17-fevral kuni institut rahbariyati tomonidan o‘quv kursini tugatganligi munosabati bilan institutga maktab direktorlari, umumta’lim fan o‘qituvchilarini chaqirtirilgan holda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov va o‘quv kursi rahbari Z.Ismailova tomonidan ularga “SERTIFIKAT”topshirildi. Sertifikat olgan bir qancha o‘qituvchilar, maktab direktorlari  institut rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Institut rahbariyati tomonidan tuzilgan hamkorlikdagi yo‘l-xaritasida belgilangan ishlarni davom ettirish masalasi ko‘tarildi.

Bunda maktab o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, uslubiy ishlarni hamkorlikda tayyorlash, “Fizika va kimyo”, “Matematika”, “Ingliz tili” kabi fanlardan salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan “Ochiq darslar” tashkil etish, institutda “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish ishlari davom etishi haqida ham ma’lumot berildi. O‘ylaymizki, bunday hamkorlik faqatgina ta’lim sifatini oshirishga, o‘qituvchilarimizni o‘z sohasining  ustasi bo‘lishga, vaholanki, kompetentli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                           

           

TIQXMMI matbuot xizmati