Abdulla Oripov xonadonlariga tashrif
Institutimizda xalqimiz qalbida o‘chmas iz qoldirgan shoir A.Oripovning 80 yillik yubileylariga tayyorgarlik ishlari avjida desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bu borada yil davomida institut xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan shoirning ijodi, faoliyati o‘rganib kelinmoqda. Ularni faoliyatiga bag‘ishlangan “Rasmlar tanlovi”, video rolik tayyorlash, shular qatori “She’rlar tanlov”lari o‘rin olgan. Shu bilan birga xotin – qizlarimiz tomonidan “Milliy liboslar tanlovi”, “Buvijonim kiygan liboslar”tanlovlari ham aynan A.Oripovning yubileylari arafasiga tayyorgarlik sifatida o‘tkazib kelinmoqda.
Bu borada xotin-qizlar maslahat Kengashi a’zolari tomonidan shoirning ijodiy ishlari, ijod xonalari va oilalaridan hayot faoliyatlarini, kechinmalari, qiziqarli fikrlari bilan tanishish maqsadida yashab ijod qilgan xonadonlariga qizlari Shoira Oripova bilan birga tashrif buyurishdi. Xonadonga kirib kelishlari bilan o‘ng tomonda shoirning haykali o‘rnatilgani e’tiborimizni tortdi xaykal oldida bir vaqt ta’zim qilgan xolda ichkariga kirdilar. Xonadon egalari tashrif buyurgan mehmonlarni iliq kutib olishdi. Haykal atrofida esa ulug‘ shoir o‘z qo‘llari bilan o‘tqazgan daraxtlar hovli ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Xonadon egalari mehmonlarni uyga taklif etib, ulug‘ shoirning ijodxonasi, yozgan qo‘lyozma asarlari, rasmlari va rassomlar tomonidan chizilgan rasmlarini ko‘rsatishdi. Borgan mehmonlar xonadon egalari bilan juda ko‘p mavzularda suhbat qurishdi. Ularning ijodlari qanday boshlanganligi, bu jarayondagi faoliyatlarida oilaning o‘rni, farzandlar tarbiyasi vaholanki shu bilan birga elga tanilishgacha bo‘lgan hayot yo‘llari haqida juda qiziqarli qilib Hanifa aya so‘zlab berdilar.
Qiziqarli suhbat jarayonida yubileyga tayyorgarlik haqida ham so‘z yuritildi. Mehmonlar tomonidan institutda shoirning muzeylarini ochilishiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani, yubileyni nishonlashga katta tayyorgarlik ko‘rilayotgani va shunga bog‘liq masalalarda ham oila a’zolari bilan hamnafas bo‘lish kerakligi, ular yana bu borada nimalarni his qilayotganlari haqida ham fikr yuritildi. Suhbat davomida shoirning qizlari Shoira Oripova otasining yubileylariga atab, ularning she’rlariga miniatyura asarlari chizdirish niyatlari borligini va bu asar turi o‘tmishda “Naqshband” deb atalgani haqida to‘lqinlanib so‘zlab berdilar. Suhbat jarayonida ular tomonidan yaratilayotgan mana shunday asarlarni muzeyning ochilishiga taqdim etish fikrini ham bildirdilar. Yana bir tahsinga loyiq ishning guvohi bo‘lindi. Shoirning ayollari Hanifa aya barcha tashrif buyurgan mehmonlarga A. Oripovning “Bahorga bag‘ishlangan” she’rlarini tug‘ilgan jarayoni, ya’ni xonadonning kunchiqar qismida, tog‘larning ko‘rinib turishi, tongning otishi-yu, kunning botishini kuzatgan holdagi vaqtda yozilganligi haqida to‘lqinlanib so‘zlab, she’rlaridan o‘qib berdilar.
Suhbtlashgan holda mehmonlar shoirning ijod qilgan xonasiga ko‘tarildilar. “Buyuklik – odiylikda”, degan ibora naqadar haqligiga shoirning ijodxonasini ko‘rib yana bir bor amin bo‘ldik. Shoirning ijodxonasi oddiy, sodda shu bilan birga viqorli ko‘rinadi. U yerda O‘zbekiston gimnining qanday tug‘ilishi tarixi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Buyuk adibimiz nafaqat she’riyatga, balki o‘simliklar dunyosiga ham juda qiziqqan ekanlar. Shoirning o‘simliklarni o‘stirgan xonalariga kirish bilan gullagan limonning hidi dimog‘imizga urildi. Bu yerda dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan o‘simliklar bor ekan. Chiroyli o‘sgan o‘simliklar, ko‘zni yashnatadi. Shoirning gullar, aynan xonadon gullariga atab yozgan yozgan she’rini Hanifa aya juda chiroyli o‘qib berdilar.
Bugungi tashrif mehmonlarni shoir haqidagi bir olam va mazmunli hayotlari, ijodlari haqidagi hikoyalarining bir qismi edi. Bunday tashriflarni yana ham davomi sifatida keyingi suhbatni ularni tug‘ilib o‘sgan xonadonlariga va ularning ijod maktablariga rejalashtirilgan.
TIQXMMI matbuot xizmati