Iqtidorli talabalar va kelgusidagi istiqbollari
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida yoshlarga bo’lgan e’tiborni kuchaytirilayotganligi bejiz emas. Shu maqsadda yoshlarni har tamonlama qo’llab quvvatlash, talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda iqtidorli talabalarni soha bo’yicha ilmiy yangilik va innovatsiyalarni yaratishga yo’naltirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad va vazifalarni inobatga olgan holda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bo’limi tashabbusi bilan fakultetlarda talabalar bilan uchrashuvlar amalga oshirilmoqda.Shunday uchrashuvlar 2021-yil 17-fevral kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” hamda “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakultetlarida bo’lib o’tdi.Uchrashuvda “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bo’limi boshlig’i Z.Xolmatov tomonidan, ilmiy faoliyatni tashkil etish, ilmiy maqolalarni yozish va chop qilishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan asosiy g’oyalar bo’yicha tushunchalar berib o’tildi.Shu bilan bir qatorda “Prezident” va “Nomdor” stipendiyalarga hujjat topshirishda asosiy me’yoriy hujjatlar hamda ularni rasmiylashtirish bo’yicha tayyorlangan metodik qo’llanma bo’lim mutaxassislari tomonidan qatnashchilarga taqdim qilindi.
Ushbu uchravshuvda 2020-2021 o’quv yilida “Prezident” stipendiyasini qo’lga kiritgan iqtidorli talabalar jumladan, Dilmurod Akbarov hamda Yigitaliyeva Ruxshona so’zga chiqib talabalarga bu yuksak mukofotni qanday qo’lga kirtganligi, buning uchun o’qish xamda jamoat ishglarda faol bo’lish kerakligi bo’yicha tushuncha berishdi. Bunday yutuqga erishishda asosiy e’tibor o’qishga xamda jamoat ishlariga qaratilishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda talabalarga “Prezident” stipendiyasini olish jarayondagi o’zlarining tajribalari hamda taasurotlari haqida so’zlab berishdi. Uchrashuv savol va javob tariqasida bo’lib o’tdi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg’otib bu kabi tadbirlarni ko’proq tashkil etish va talabalrga ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalarni kengroq tushuntirish aytib o’tildi. Bunday tadbirlar davom etmoqda.
TIQXMMI matbuot xizmati