“Soat chiq-chiq uramo”

Har bir sanʼatkorning qiladigan ishi, xatti - harakatiga eʼtibor qiladigan muxlis uni alqab qoʻyishi, maqtab yurishi aniq. Hamma sanʼatkorlarga ham xos emas bu fikr. Oʻzining xarakterli jihati va isteʼdodi bilan ajralib turadigan sanʼatkorlargagina nasib etadi bu fazilat. Bir necha yillar davomida oʻz sanʼati bilan tomoshabinlarning diqqatini tortib, eʼtiborini qozongan, koʻplab muxlislariga ega boʻlgan Soat Sharipov bilan suhbatlashish ancha zavqli.

Bugun institutimizda “Ibratli, ijodkor insonlar” ruknida navbatdagi muloqot boʻlib oʻtdi. Tadbirimizning bu galgi mehmoni taniqli aktyor va teleboshlovchi Soat Sharipov boʻldilar. “Soat chiq-chiq urama” qoʻshigʻi davraga fayz kiritdi.Talabalar Soat akaning kino va televideniyedagi faoliyati bilan bogʻliq holda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Nega aynan Soat deb ism berilganining sababini aytdilar. Ota - onamning aytishicha, men har kuni tongda soat 06:00 da chinqirib yigʻlar ekanman. Qoʻni-qoʻshnilar soat 6 boʻlganini mening yigʻlab chinqirganimga qarab bilishgan. Ular uchun ramziy maʼnoda “budilnik” boʻlgan ekanman, deb javob berdilar Soat aka. Tadbir talabalar tomonidan iliq kutib olindi. Tadbir yakunida Institutimizning va “Notiqlik sanʼati akademiyasi” taʼlim muassasasining Faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

“Gumanitar fanlar” kafedrasining oʻqituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov